Pay. Apr 18th, 2024

Hindistonga g’arb tomondan suzib borish ga uringan dengiz sayyohi Xristofor Kolumb edi. U Italiyaning Genuya shaxri yaqinida to’quvchi oilasida tug’ildi. X. Kolumb yoshligida bir necha marta dengiz safarlarida qatnashdi, keyin esa geografik xaritalar tuzish bilan shug’ullandi. X. Kolumb Ispaniyaga ko’chib borgach, ispan qirolidan Hindistonga dengiz yo’li topish uchun Atlantika okeani orqali ilmiy safar yuborilishiga ijozat so’rab uzoq vaqt ovora bo’ldi. Qirol faqat 8 yildan keyin keyingina bunga rozilik berdi. X. Kolumb bu ilmiy safar tomonidan kashf qilinadigan hamma mamlakatlarning o’ndan bir qismini oladigan bo’ldi. 90 kishidan iborat kamandasi bo’lgan uchta kichikroq karavella 1492 yili yozda Ispaniya sohilidan safarga jo’nab ketdi. Orqadan esayotgan shamol kichkina flotiliyani g’arb tomonga tez haydab borardi. Haftalar o’tdi lekin yer ko’rinmadi. Oldinda hamon bepoyon, noma’lum okean yoyilib yotardi. Matroslar norozilik bildira boshladilar, ular yurtlariga qaytib ketishni talab qildilar. Lekin X. Kolumb qattiq turib, kemalarni belgilangan yo’ldan olg’a boshlab boraverdi. Nihoyat, dengiz safariga chiqilgandan keyin 70 kun o’tgach, tong paytida kemalarning birining machtasi ustidan matsorning: “Yer! Yer!” deb baqirgan ovozi eshitildi.

Ispan kemalari kichik bir orol yoniga borib to’xtadi. X. Kolumb qirg’oqqa Ispaniya bayrog’ini tikib, orolni qirolning mulkki deb e’lon qildi. U bu yerdan oltin izlab, janub tomonga yo’l oldi hamda katrta orollardan Kubava Gaitini kashf qildi. Sayohat oxirida Kolumbning uchta kemasidan faqat bittasi qoldi. U Ispaniyaga ana shu kemada qaytib keldi.

Shundan keying yillarda X. Kolumb g’arb tomonga yana uch marta sayohat qildi. U Karib dengizida ko’p orollarni kashf etdi va Amerika qit’asi sohilining bir qismini tekshirib chiqdi. Lekin X. Kolumb u yerlardan hech qanday boylik topgani yo’q.

Kolumb yangi qit’a kashf etilganligini umrining oxirigacha ham bilmagan edi. U kashf qilga yerlarini “Hindiston” va uyerlarning aholisini “hindular” deb atadi. Shundan keyin Amerikaning tub aholisini “hindular” deb atash rasm bo’ldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan