Sesh. Dek 3rd, 2024

Kompas dastlab qayerda ixtiro qilinganini bilasizmi? Ha albatta, o`sha ko`xna Xitoyda. Xitoyliklar kompasni “chanana” deb atashadi. Xitoy imperatori saroyiga Vetnamdan elchilar kelishibdi. Ularni Xitoy imperatori juda yaxshi kutib olibdi. Ularni, mexmon qilib, o`zaro shartnomalar tuzishibdi. So`ngra Vetnamlik elchilarni sovg`a-salomlar bilan o`z vatanlariga kuzatib qo`yibdi. Lekin Vetnamlik elchilar 2 kundan so`ng yana Xitoy imperatori saroyiga qaytib kelishibdi. Shunda Xitoy imperatori ulardan nima gapligini so`rabdi. Vetnamliklar yo`ldan adashib qolganliklarini, o`z vatanlariga qanday ketishlarini bilmay, yordam so`rab kelganliklarini aytishibdi. Shunda Xitoy imperatori  ularga bir aravacha sovg`a qilibdi. Aravacha o`rtasida odam-haykalcha bo`lib, u qo`lini to`g`ri uzatib turar edi. Aravani xohlagan tomonga bursangiz ham haykalcha aylanib, qo`li bilan janubni ko`rsarib turaveradi. U doimo bir tomonni Vetnamliklarning vatani – janubni ko`rsatib turar edi. Vetnamliklar shu aravacha – “kompas” yordamida o`z uylariga yetib olishgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan